Miyasi bitta ikki boshli bola dunyoga keldi

Miyasi bitta ikki boshli bola dunyoga keldi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Pokistonning Sujaval tumanida yashovchi ayol ikki boshli bolani dunyoga keltirdi. Bu haqda Geo News ma’lumotiga tayanib Xabar.uz yozmoqda.

Sind viloyatining Badin shahridagi xususiy shifoxonada ayol ikki boshli o‘g‘ilni dunyoga keltirgan.
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, ona ham, uning bolasi ham sog‘lom, ularning hayotiga hech nima xavf solgani yo‘q.
Ginekolog-shifokor Nursat Babu Xati ultratovush tekshiruvida chaqaloqning miyasi ikki boshga bo‘linganligini aniqlangani haqida so‘zlab bergan.
Hozirda chaqaloqning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Shifokorlar bolaning boshlarini ajratish operatsiyasini o‘tkazganlar. Keyin ular qo‘shimcha ravishda chaqaloqni qayta tekshirib ko‘rishlari ta’kidlangan.
Kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish uchun chaqaloq ota-onasi bilan birgalikda shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x