50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Biz doimo mevalarning sog‘lig‘imiz uchun qanchalik foydali ekanini ta’kidlab kelamiz. Endi esa ularning zararli tomonlari haqida to‘xtalmoqchimiz.

Asalning ham ozi shirin. Me’yorga rioya qilinmagan hollarda har qanday mahsulot aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mevalar foydali, ammo hamma uchun emas.
Yosh o‘tgani sayin oshqozon-ichak traktining ovqat hazm qilish funksiyalari buziladi. Shu sababli avval bemalol hazm qilingan mevalar yoqimsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin. Quyida kimlarga qanday hollarda mazkur mevalar tavsiya etilmasligi haqida gaplashamiz.

Olma

50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar
Olmaning ba’zi navlari tarkibida kislota miqdori juda yuqori bo‘lib, bu ko‘plab kasalliklarning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Mazkur meva pankreatit, xolesistit, gemorroy va yarali kolit bilan og‘rigan bemorlar uchun xavflidir. Shuningdek, qorin dam bo‘lishidan aziyat chekadiganlar uchun ham olma tavsiya etilmaydi. Chunki olma kimyoviy ishlov berilishi natijasida o‘zida zararli moddalarni, shu jumladan, pestitsidlarni to‘playdi.

Nok

50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar
Pishib yetilgan nok oshqozon kislotasi miqdorini oshirishi mumkin, shu sababli ham oshqozon-ichak kasalligiga chalinganlar bu mevani yemagani ma’qul. Nokni boshqa meva yoki ovqat, jumladan, yog‘li va dudlangan go‘sht, sut mahsulotlari bilan birga yeyish ichak faoliyatining zo‘riqishiga olib keladi.

Banan

50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar
Tarkibida shakar miqdori ko‘p bo‘lgani uchun qandli diabetga chalinganlar banan yeyishdan tiyilgani yaxshi. Yashil banan meteorizmga olib kelishi mumkin, pishgani esa ayniqsa, sut qo‘shib tayyorlangani (smuzi) diareyani keltirib chiqaradi.
Agar beta-blokator qabul qilsangiz, banan qonda kaliy miqdori oshishiga sabab bo‘ladi. Bu, ayniqsa, buyrak kasalligiga chalinganlar uchun xavflidir.

Greypfrut

50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar
Sitrus mevalar tarkibidagi kislota oshqozon-ichak trakti va siydik pufagi organlaridagi shilliq pardani zararlashi va tish emaliga ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa, greypfrut tarkibidagi furanokumarinlar tufayli ko‘plab dorilar samaradorligi pasayadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

    gastrit;

    oshqozon yarasi;

    pankreatit;

    oshqozon kislotasining oshishi;

    podagra;

    qandli diabet (apelsin va mandarin tavsiya etilmaydi);

    buyrak va jigar kasalliklari (greypfrut taqiqlanadi);

    menopauza.

Kivi

50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar
Mazkur meva, ayniqsa, og‘iz atrofida kuchli allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Agar lateksga allergiyangiz bo‘lsa, kivi iste’mol qilmang. Banan kabi kivida ham yuqori kaliy miqdori muammosi bo‘lishi mumkin.

Uzum

50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar
Tarkibida shakar miqdori ko‘p bo‘lgani sababli uzumni boshqa mahsulot bilan iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Shuni unutmangki, shirasi tufayli uzum ko‘plab hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Natijada meva bakteriyalar koniga aylanadi. Chunki pishib yetilgan mevalarga bir necha bor juda kuchli kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi. Uzumni doimo yaxshilab yuving, iloji bo‘lsa, po‘stsiz iste’mol qiling.

O‘rik, olxo‘ri, shaftoli

50 yoshdan keyin yeyish tavsiya qilinmaydigan mevalar
Mazkur mevalarning zararli tomoni — shirinligi va ozuqaviy tolaga juda boyligidir.
O‘rik va shaftolini qanday hollarda yemaslik lozim:

    qandli diabet;

    kislotalilikning oshishi;

    gastrit;

    qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar;

    diareyaga moyillik (suvsizlanishni keltirib chiqaradi);

    gepatit.

Olxo‘ri kimlarga tavsiya etilmaydi:

    Buyrakda muammosi bo‘lganlarga ushbu meva taqiqlanadi. Olxo‘ri tarkibida
    oksalat moddasi ancha yuqori bo‘lgani uchun buyrakda tosh paydo bo‘lishiga
    sabab bo‘lishi mumkin. Qandli diabet, xoletsistit, pankreatit, spastik
    kolit, allergiyaga moyilligi bor kishilarga ham olxo‘ri yeyish tavsiya etilmaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x