MIXAYLOV Yevgeniy Nikolayevich

MIXAYLOV Yevgeniy Nikolayevich (1905.15.4, Petrograd – 1999.9.10, Toshkent) — biolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950), q. x. fanlari d-ri (1947), prof. (1947). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1929). Oʻrta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot in-tida ilmiy xodim (1929— 37), Toshkent qishloq xoʻjaligi in-ti ipakchilik kafedrasida dos. (1937-47), kafedra mudiri (1947-59), ipakchilik va oʻsimliklarni himoya qilish f-ti dekani (1944—59). Oʻrta Osiyo fitopatologiya i. t. in-ti direktori muovini (1959—65), direktori (1965—72), Toshkent qishloq xoʻjaligi in-ti ipakchilik kafedrasi mudiri (1972—85). «Ipak» («Shyolk») jurnali bosh muharriri (1960—85). Ilmiy ishlari ipakchilikning nazariy va amaliy masalalari, tut va dub ipak qurti biol. si, ipak qurtini boqish, ipak qurti urugʻchiligi va naslchiligi, kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash muammolariga bagʻishlangan.

As: Shelkovodstvo [Darslik], M., 1950; Qurt boqish, T., 1953; Biologiya tutovogo i dubovogo shelkopryada, Mixaylov, 1958; Ekologiya i vыkormka shelkopryadov, Mixaylov, 1959; Infeksionnыye bolezni tutovogo shelkopryada, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x