MIYA PARDASI

MIYA PARDASI — umurtqali hayvonlar va odamning bosh miyasi hamda orqa miyasini oʻrab turadigan membrana. Biriktiruvchi toʻqimadan iborat. Miya pardasi ustma-ust joylashgan uchta pardadan iborat; qattiq pardakalla suyagining ichki yuzasiga, umurtqa kanali devoriga (orqa miyada) yopishib turadi va tomirlarga boy; toʻrparda — yupqa va juda koʻp teshikli boʻlib, uning ostidagi boʻshliqlarda tiniq miya suyuqligi (likvor) turadi; tomirl i parda — kontomir va nervlarga boy yupqa parda boʻlib, poʻstloq egatlarining orasiga kirib joylashgan. Parda tomirlari miya suyuqligini chiqarishda qatnashadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x