MITALAR

MITALAR — omborlarda, xonadonlarda va b. joylarda saqlanayotgan q. x. mahsulotlari — galla donlari, yorma, un, qoqilar va b. ni zararlaydigan har xil hasharotlar va kanalarning umumiy nomi. Mitalar sirasiga un kanasi, om-bor filchasi, sholi filchasi, jan. om-bor kapalagi, surinam donxoʻri, kichik un qoʻngʻizi, katta un qoʻngʻizi, juda kup turdagi kuyalar va b. kiradi. Ombor zararkunandalari xalq xoʻjaligiga juda katta iqtisodiy zarar yetkazadi, ular saqlanayotgan q. x. mahsulotlarinigina emas, oziq-ovqat, kiyim-kechaklarning ham sifatini buzadi. Oʻrta Osiyoda hasharotlar va kana (M.) larning 100 dan ortiq, xususan, kanalarning 51, qoʻngʻizlarning 41, tangaqanotlilar yoki kapalaklarning 15 turi mavjud (q. Ombor zararkunandalari).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x