MISR TILI

MISR TILI, qadimgi misr tili — hoz. Misr hududida tarqalgan, somxom tillari oilasiga mansub. Arab tilining misr lahjasi tomonidan siqib chiqarilgan va mil. 5-a. dan ulik tilga aylangan. Misr tilida yozilgan dastlabki yodgorliklar mil. av. 4ming yillik oxiri — 3ming yillik boshiga toʻgʻri keladi. Oʻzining 35 a. dan iborat tarixida Misr tili bir-biridan far-klanuvchi 4 ta taraqqiyot bosqichini bosiboʻtgan: kad. Misr tili (mil. av. 32—22-a. lar), oʻrta Misr tili (mil. av. 22—14-a. lar), yangi Misr tili (mil. av. 14—7-a. lar), demotik Misr tili (mil. av. 7-a. — mil. 5-a.); yozuvining oʻta murakkabligi sababli, M. t. ning grammatik qurilishi, lahjalari haqidagi barcha maʼlumotlar taxm. xarakterga ega. Misr tilini va uning negizida paydo boʻlgan kopt tilini, bu tillarning yozuvlarini oʻrganish davom etmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x