Choch tili


Post Views:
24

Choch tili – qadimgi tillardan biri. Choch aholisining turmushi, madaniyati haqida 10–12-asrlar manbalari ilgarigi asrlarga qaraganda ko‘proq ma’lumotlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Masalan, 10-asr arab geografi va sayyohi Maqdisiy o‘zining 989 yil yozgan «Ahsan ut-taqosim fi ma’rifat il-aqolim» («Mamlakatlarni o‘rganish uchun eng yaxshi qo‘llanma») asarida o‘zi bilgan yurtlar aholisining urf-odatlari, dini va boshqalar haqida ma’lumotlar beradi. Bu manbaga qaraganda, Choch tili «Xaytal (eftalit) tillaridan eng yaxshisi» hisoblangan. Maqdisiy Choch tilini mustaqil til deb ta’riflagan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/choch-tili-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x