MIS YUGURTIRISH

MIS YUGURTIRISH, mislash — poʻlat yoki rux buyumlar, baʼzan poʻlat simlar sirtiga galvanik usulda (q. Galvanotexnika) mis qatlami qoplash. Buyumlarni xromlash va nikellashda oraliq qatlam hosil qilish, metallar sirtining elektr oʻtkazuvchanligini yaxshilash, metallarning kavsharlanishini osonlashtirish va b. uchun qoʻllaniladi. Oraliq qatlam hosil qilinadigan Mis yugurtirish usuli eng keng tarqalgan. Bunda mis qatlami ustidan nikel qatlami, uning ustidan yupqa (0,25 mkm) xrom qatlami yugurtiriladi. Mis elektrolitlarning oksidli va ishqorli xillari bor. Poʻlat buyumlarni uglerodlash (sementlash) va ularning uglerodlanmasligi lozim boʻlgan sirtqi qatlamini himoyalashda ham Mis yugurtirishdan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x