MIS VAN DER ROE

MIS VAN DER ROE (Mis van der Rohe) Lyudvig (1886.27.3, Axen, Germaniya – 1969.17.8, Chikago, AQSH) – nemis meʼmori, funksionalizm namoyandalaridan. 1919—24 y. larda turkum eksperimental loyixalari (yaxlit oynali, koʻp qavatli) bilan chikdi, 20-a. 2-yarmida turar joy binolarini poʻlat sinchda oqilona namunada yaratdi va ichki loyihasini oʻzgartirdi. Keyinchalik Mis van der roe R. golland «Uslub» guruhi taʼsirida kompozitsion qurilmalarni qayta ishladi (Brnodagi Tugendxat uyi, 1930 va b.). Dessaudagi «Bauxauz» ijodiy uyushmasi direktori (1930—33). 1938-y. dan AKD1da ishlab, Chikagodagi Illinoys texnologiya in-ti meʼmorlik f-tini boshkardi (1938—58). 40—50-y. larda u«niversal meʼmorlik shakllari» gʻoyasini ilgari surdi (Illinoys shtatidagi Farnsuort uyi, 1950—51 va b.). M. v. d. R. yaratgan oddiy geometrik shakllar koʻp kavatli binolarda qoʻllanildi: Chikagodagi Leyk Shor Drayv (1946—50), Kommonuels Promenad (1957) turar joilari, Nyu-Yorkdagi Sigrembilding binosi (1956—58), Kanadaning Torontodagi Dominion-sentr binosi (1967) va b. M. vd. R. ijodi AKD1 va Gʻarbiy Yevropa meʼmorlari ijodiga katta taʼsir etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x