MIRSOATOV

MIRSOATOV Anvar (taxallusi Mirzo Anvar, 1939.13.2, Toshkent) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2001). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1962) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika in-ti (1972) ni tugatgan. M. Gʻarbiy Yevropa sanʼati, fransuz impressionistlari, ayniqsa, neoimpressionistlari ijodini oʻrgandi, ulardan taʼsirlandi («Mening qoʻshigʻim», 1974 va b.). Rassom ijodida Oʻzbekistonning goʻzal tabiati, uning gullagan bogʻlari yetakchi oʻrin egallaydi: «Urgut» turkumi (1980), «Fargʻona hovlisi» (1986), «Oydin kecha» (1988), «Birinchi qor» (1994), «Togʻdagi erta bahor» (1994), «Sijjak» (1998), «Bogʻiston» (2000), «Chorbogʻ» (2000), «Vatan haqida qoʻshiq» (2000), «Qishki Chimyon» (2001) va b. M. asarlari respublika va xorijiy (AQSH, Yaponiya, Angliya, Shvetsiya, Turkiya va b.) mamlakatlar muzeylari va xususiy toʻplamlarida saqlanadi. 2002-y. dan «Mirzo Anvar manzara galereyasi» ishlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x