PLATINA QOTISHMALARI

PLATINA QOTISHMALARI — asosini platina tashkil qiladigan qotishmalar; odatda, legirlovchi elementning (q. Legirlash) platinadagi qattiq eritmasidan iborat boʻladi. Platina qotishmalarining muhim legirlovchi elementlari: rodiy (Rh), iridiy (Ir), palladiy (Pd), ruteniy (Ru), nikel (Ni), kobalt (So), mis (Si), volfram (W) va molibden (Mo). Platina qotishmalari suyuklanish t-rasi yuqori, zararli muhitlarda korroziya (zanglash) ga (oksidlanishga) chi-damli, mexanik xossalari yuqori, yeyilishga juda chidamli material. Platina qotishmalarini bosim bilan ishlab (bolgʻalab, prokatlab, shtamplab va choʻzib), har xil buyumlar olish mumkin. Ular termoparalar, elektr asboblarning qismalari (klemmalari), yuqori t-rada eriydigan kavsharlar, prujinalar, doimiy magnitlar, shisha suyultirish idishlari, sunʼiy tola ishlab chiqariladigan filyerlar va b. muxim detallar hamda elementlar tayyorlashda, kimyoviy reaksiyalarda katalizatorlar sifatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x