MIRMUHAMEDOV Qodir Mirqosimovich

MIRMUHAMEDOV Qodir Mirqosimovich (1920.10.12, Toshkent) — tarjimon va kinossenariychi. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1999), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1981). 2jaxrn urushi qatnashchisi. Toshkentdagi kechki pedagogika in-tini tugatgan (1950). Oʻzbekiston radioqoʻmitasida katta muharrir (1956— 58). Oʻzbekiston televideniyesi adabiyot taxririyatida bosh muharrir (1958—59). Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda tarjima boʻlimi boshligʻi (1959—61), «Uzbekfilm» kinostudiyasida ssenariy boʻlimida muharrir, dublyaj guruhida bosh muharrir va badiiy rahbar (1961— 89). Mirmuhamedov tarjimonlik faoliyatini 1951-y. da bolalar uchun ertak va hikoyalar tarjima qilishdan boshlagan. Birinchi yirik tarjimasi indonez yozuvchisi Abdul Muisning «Surapati» (1958) romanidir. Shundan keyin u jahonga tanikli yozuvchilar Jek Londonning «Martin Idei» (1968), Rabindranat Tagorning «Xonadon va jahon», «Soʻnggi doston» (1973). Maksim Gorkiyning «Klim Samginning hayoti» (2, 3qism, 1974 — 75), Krishan Chandarning «Bir qizga ming oshiq» (1976), J. Bokkachchoning «Dekameron» (1978—79), Viktor Gyu-goning «Byug Jargal» (1982), M. Bulgakovning «Usta va Margarita» (1987), Gomerning «Iliada» (1988) asarlarini rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Mirmuhamedov bulardan tashqari, chet el yozuvchilarining qator dramalarini, koʻplab, badiiy filmlarni ham oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x