MIRKOMILOV Toʻlqin Miromilovich

MIRKOMILOV Toʻlqin Miromilovich (1939.30.6, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995). Texnika fanlari d-ri (1983), prof. (1985). Toshkent politexnika in-tini tugatgan (1962), shu in-t kimyo kafedrasi mudiri (1973—92), Toshkent kimyotex-nologiya in-ti rektori (1992—94). Toshkent texnika unti rektori (1994-2001), prorektori (2001-y. dan). Mirkomilovning ilmiy ishlari ekologik toza texnologi-yalarni ishlab chiqish, paxta sanoati chiqindilarini qayta ishlash hamda mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda plastmassalarning yangi turlarini olishga bagʻishlagan. Uning rahbarligida tarkibida sellyuloza boʻlgan xom ashyolarning tuzilishi bilan ularning xossalari orasida oʻzaro bogʻliqlik borligi toʻgʻrisidagi nazariya; sorbitlar, ionitlar va fiziologik faol poli-merlar olish maqsadida sellyulozani koʻp funksional kislotalar bilan modifikatsiyalash usullari; tarkibida sellyuloza boʻlgan sanoat chiqindilaridan yuqori sifatli sellyuloza olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Yangi oligomerlar va polimerlar olindi hamda ularning qoʻllanishi soqalari ani^landi. Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi de-putati.

As: Texnologiya xlopkovoy sellyulozы., T., 1996; YAMR — Spektroskopiya vыsokogo razresheniya polisaxaridov i ix proizvodnыx (T. I. Usmonov bilan hamkorlikda), T., 1994; Ximiya i texnologiya polucheniya piridinovыx osnovaniy(S. M. Turobjonov bilan hamkorlikda), T., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x