MIRZO HOʻQANDIY

MIRZO HOʻQANDIY (taxallusi; asl ism-sharifi Xayrullaxon Sayd Nosir oʻgʻli Mirzo) (1880, Qoʻqon – 1943, Toshkent) — shoir va maʼrifatparvar. Qoʻqon madrasasida Sulaymonquli Rojiysyam adabiyot, husnixat, muammodan saboq olgan. 1910-y. da yangi usudda maktab ochib, oʻqituvchilik qilgan. 1912-y. dan mazkur maktab qoshida «Maʼri-fat» nomli kutubxona va nashriyot tashkil etgan. «Tuhfat ul-atfol» («Bolalar sovgʻasi»), «Turki avvali ilm» («Dare rahbari»), «Rahbari alifbo» kabi dareliklarni tarjima qilib, nashr ettirgan. «Gulshani Mirzo», «Gulshani xayol» nomli dareliklar tuzgan. Fors tilidan «Mushuk va sichqon» hikoyasini, Abdurahmon Jomiyning «Risolai muammo»sini tarjima qilgan. 1916-y. da Vayner matbaasida «Jum-boq majmuasi» nomli topishmoklar toʻplamini nashr ettirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x