MENTALITET

MENTALITET (lot. mentalis — akliy) — ayrim kishi yoki ijtimoiy guruxga xos aqliy qobiliyat darajasi, maʼnaviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning Mentaliteti ularning oʻziga xos tarixiy anʼanalari, urf-odatlari, diniy eʼtiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning Mentaliteti uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va b. bir qancha omillar bilan bogʻlangan boʻladi. Mac, oʻzbek millati Mentalitet ining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Oʻzbek xalqi insoniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitgan. Uning Mentaliteti, akliy qobiliyati oʻtkirlashib borgan. Ammo 16—20-a. lar oraligʻida turli istibdod va mustamlakachilik zulmini boshidan kechirganligi tufayli milliy Mentalitet iga jiddiy putur yetdi. Mustaqillik mafkurasi oldida oʻzbek xalqining haqiqiy Mentalitet ini tiklash vazifasi turibdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x