MENDEL

MENDEL (Mendel) Gregor Iogan (1822.22.7, hoz. Ginchitse, Chexoslovakiya — 1884.6.1, hoz. Brno, Chexiya) — chex olimi, irsiyat toʻgʻrisidagi taʼlimot asoschisi. Bu taʼlimot uning sharafiga mendelizm deb ataladi. Vena untida erkin tinglovchi boʻlib, fizika, botanika, paleontologiya va analitik kimyoni oʻrgangan (1851—53). Noʻxatning 22 navida duragaylash boʻ-yicha tajriba olib borgan (1856-63). Mendel oʻz tajribalari natijasini tabiatni oʻrganuvchilar Bryunn jamiyati «Asarlari»da chop ettirgan (1866). U chatishtirilgan oʻsimliklar belgilarining duragay avlodlarida namoyon boʻlishini kuzatish orqali ayrim belgilarning mustaqil irsiylanishini aniqlagan. Bu qonuniyatlar irsiylanish toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos boʻldi va Mendel qonunlari deb atala boshladi. Mendel kashfiyotiga uning hayotida eʼtibor berilmagan. 1900-y. da botanik olimlar: nemis K. Korrens, golland X. De Friz va avstriyalik E. Chermak birbiridan mustaqil holda Mendel kashf etgan qonunlarni qayta ochishdi.

As: Opыtы nad rastitelnыmi gibridami, Mendel, 1965.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x