MENING MULKIM

«MENING MULKIM» («Chastnaya sobstvennost») — haftalik iqtisodiy gazeta. Kichik va oʻrta biznes subyektlari, aksiyadorlar, bank xodimlari, ishbilarmonlarga moʻljallangan, Tosh-kent sh. da oʻzbek va rus tillarida nashr etiladi. 1994-y. mart oyidan chiqa boshlagan. Muassislari: Oʻzbekiston Res-publikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, «Biznes-fond», Qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish va muvofiklashtirish markazi, Koʻchmas mul k birjasi, «Madad» sugʻurta agentligi, «Tadbirkorbank», «Zamin» banki, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, «Zakovat» fondi va b. Gazetada «Biznes ishi» (normativ — huquqiy hujjatlar, qonunchilik hujjatlariga sharhlar), «Tovarlar va narxlar» (birja, kichik va oʻrta xususiy biznes, tadbirkorlar uchun birja, chakana va ulgurji bozordagi narxlar axborotnomasi), «Qimmatli qogʻozlar bozori» (aksiyalar, obligatsiyalarni korporativ boshqarish, hisobga olish, sotish masalalari), «Biznes-amaliyot» (tovarning ichki va tashqi bozordagi harakati), «Bank va mijoz», «Investor yon daftaridan» kabi ruknlari bor. Gazeta 4—3 bichimda 16 sahifada chiqadi. Bosh muharrir M. P. Reznikova. Adadi 2250 nusxa (2003).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x