EPISPADIYA

EPISPADIYA (epi… va yun. yoriq) — siydik chiqarish kanali (uretra) ning tugʻma nuqsoni. Koʻproq erkaklar, baʼzan ayollarda uchraydi. Epispadiyaning bir necha koʻrinishi bor. Bunda siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi olat boshchasida, olat sirtining turli joyida yoki qov ostida (buni total Epispadiya, toʻliq Epispadiya deyiladi) boʻladi. Olat boshchasi Epispadiya sidaolatboshchasi yoriq, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi tarnovga oʻxshash ochilib, shilliq qavati koʻrinib yotadi. Bu E. da bemor sachratib siyadi. Toʻliq Epispadiyada siydik chiqarish kanali bor boʻyicha yorilgan, olat yaxshi rivojlanmagan va qoringa tortilib turadi; qovuqning ikkala sfinktern boʻlmasligi tufayli (baʼzan qovuq old devori ham boʻlmaydi) bemor siydik tuta olmaydi. Olat sirti Epispadiyasida bemor siyganda jinsiy aʼzo atrofidagi teriga doim siydik tegishidan teri yalligʻlanib, suvchirab turadi.

Epispadiyada turli plastik operatsiyalar oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x