FTALOTSIANIN BOʻYAGICHLAR

FTALOTSIANIN BOʻYAGICHLAR — tetrabenzotetrazaporfin (ftalotsianin) hosilalari, sintetik organik boʻyagichlar guruhi. Ftalotsianin boʻyagichlardan mis ftalotsianin — zangori rangli pigment muxim texnik ahamiyatga ega. Bu guzni xlorlab yashil, sulfirlab feruza rangli, suvda eruvchan, quyosh nuriga chidamli Ftalotsianin boʻyagichlar olinadi. Ftalotsianin boʻyagichlar yorqin rangli, issiqqa, kislota va asoslar taʼsiriga chidamli, juda tatimli. Sintetik tolalar, plastmassalar va rezinani boʻyashda, suvda eruvchan Ftalotsianin boʻyagichlar esa jun, ipak va b. matolarni boʻyashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x