MEHNAT KODEKSI

MEHNAT KODEKSI (MK) – mehnat haqidagi qonunlarining muayyan tizimga solingan majmui. U mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjati hisoblanadi. Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, shuningdek, ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va b. normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Amaliyotda mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishda bo-shqa normativ hujjatlar, ayrim hollarda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va xalqaro shart-nomalarning qoidalari ham qoʻllaniladi. OʻzR Mehnat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining MK 1995-y. 21 dek. da qabul qilinib, 1996-y. 1 apr. dan amalga kiritilgan. 2 qism: umumiy va maxsus qism, 16 bob va 294 moddadan iborat. Umumiy qismda mehnat qonunchiligining umumiy qoidalari, mehnat sohasidagi davlat boshqaruvi, mehnat haqidagi qonun hujjatlarining qoʻllanish doirasi, mehnatga oid munosabatlarning subyektlar, ularning huquq va burchlari, xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari bayon etilgan. ish vaqti; dam olish vaqti; mehnatga haq toʻlash; kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari; mehnat in-tizomi; mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi; mehnatni mu-hofaza qilish; ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar; mehnat nizolari; davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalarini oʻz ichiga oladi. ish beruvchilar, davlat manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, mehnat bozorining samarali ishlashiga, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharo-itlarini, xodimlarning mehnat huquklari va sogʻligʻi himoya qilinishini taʼminlashga, mehnat unumdorligining oʻsishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga koʻmaklashadi.

Anvar Inoyatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x