ETOLOGIYA

ETOLOGIYA (yun. — urf-odat, xulq-atvor, xattiharakat va… logiya) — biol. ning bir boʻlimi. Hayvonlar xattiharakatini tabiiy yashash sharoitida oʻrganadi. «Etologiya» terminini belgiyalik olim L. Dollo taklif etgan (1904); lekin Etologiya mustaqil fan sifatida 20-asrning 30-y. larida shakllana boshladi. Etologiya da: xattiharakatning irsiylanadigan shakli — ishrtsiz reflekslar, yaʼni instinktlgrii, hayvonlarni oʻrganish qonuniyatlari, hayvonlarning ekstrapolyatsion xattiharakatini oʻrganish kabi yoʻnalishlar mavjud.

Tuban tuzilgan hayvonlarda tugʻma xulq-atvor ustunlik qiladi. Yuksak tuzilgan hayvonlarning etologik reaksiyalari irsiylanadigan hamda yashash muhiti taʼsirida hayot davomida hosil boʻladigan xulq-atvorlar ishtirokida shakllanadi. Etologiya dalillaridan chorvachilikning ayrim sohalari, baliqchilik xoʻjaligi, tibbiyot, kibernetika va boshqalarda foydalaniladi. Etologiya sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishi hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish muammolarini hal etishda muhim ax. amiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x