MAYORAT

MAYORAT (lot. major — katta) — koʻchmas mulk (yer, uy-joy va b.)ni meros qoldirish tizimi. Bunga koʻra, yer-mulkka egalik qilish huquqi eng katta oʻgʻilga yoki yoshi ulugʻ qarindoshga oʻtgan. Mayorat tartibida meros qoldirishning dastlabki koʻrinishlari qad. hind, yahudiy qonunlarida, Afina huquq tizimida oʻz ifodasini topgan. Xususan, qad. yahudiy qonuniga koʻra, marhumning asosiy merosxoʻri katta oʻgʻli hisoblangan, yoki u qolgan oʻgʻillardan ikki hissa oshiqulush olgan. Mayorat tartibi 11 — 13-a. larda Angliya, Fransiya, Germaniya va b. Yevropa mamlakatlarining dastlabki huquqiy tizimlarida ham aks etgan. Mayorat yirik yer egaligining yer mulkini boʻlinib ketishdan saklash va mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, qonun bilan rasmiylashtirilgan. Mayorat hozirda monarxiya tizimini saqlab qolgan mamlakatlarda uchrab turadi. Ushbu tartibda meros boʻlib qolgan yer ham «mayorat» deb ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x