MAYMANA

MAYMANA — Afgʻonistonning shim. qismidagi shahar. Baqtriya vodiysidagi vohada joylashgan. Farnob viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 80 ming kishilan ziyod (koʻpchiligiii oʻzbeklar tashkil etadi; 1990-y. lar boshlari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Jun, qorakoʻl, koʻn-teri, don va boshqa q. x. mahsulotlari savdosi markazi. Qoʻlda gilam toʻqilali. Toʻqimachilik va tikuvchilik buyumlari tayyorlanadi. Maymana atrofida bugʻdoy zkiladi, qorakoʻl qoʻylari boqiladi.

Ilk oʻrta asrlarda shahar Yahudiya (aholisining koʻpchiligini yahudiylar tashkil qilgani uchun), Katta Jahuzon deb atalgan. Yoqut Hamavshtning yozishicha, al-Yahudiya aholisi islomni qabul qilgach, 11-a. lan boshlab shaharni Maymana leb atay boshlaganlar. Mahmud ibn Va-. shning yozishicha. Maymana shahri qadimda Toliqon deb ham atalgan. 9-a. la Maymana la Fariob qarorgohi joylashgan. 10-a. la u savlo va hunarmanchilik rivojlangai boy shahar boʻlgan. 13-a. manbalarida shahar Maymanl leb atalgam. 1855-y. afgon amiri Doʻstmuhammadxon Buxoro amirligiga qarashli Maymanani bosib olgan. 1873-y. Kobulla imzolangan AngliyaRossiya shartnomasigabinoan. M. Afgonistonga oʻtgan. 19-a. da Maymana shahri mustahkam mudofaa lsvori bilan oʻrab olinib, uning 5 darvozasi boʻlgan. Shahar markazila balanl va qiya tepalikla qad. ark — Bolo-Hisor joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x