MAKARON MAHSULOTLARI

MAKARON MAHSULOTLARIbugʻdoy uni xamirilan quritib tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari. Makaron mahsulotlari turli oʻlcham va shakllarda ishlab chiqariladi. Shakli va oʻlchamlariga koʻra, makaron (uz. kamida 15 sm, qalinligi 1,5 mm dan ortiq boʻlmagan naysimon mahsulot), ugra, vermishel, shakldor (chiganoq, yulduzcha va b.) xillari bor. M. m. toʻyimliligi va taʼmi buzilmasdan uzok, saqlanishi, oson pishishi bilan boshqa mahsulotlardan ajralib turadi. Tarkibida 12—13% oqsil moddalar, 70% dan oshik, uglevodlar mavjud. Namligi 12,5—13% oshmaydi. Makaron mahsulotlari uzluksiz ishlaydigan avtomat liniyalar oʻrnatilgan maxsus Makaron mahsulotlari f-kparida ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda non k-tlari qoshida Makaron mahsulotlari sexlari mavjud (yana q. Makaron sanoati).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x