MAYEV Nikolay Aleksandrovich

MAYEV Nikolay Aleksandrovich (1835.21.2, Peterburg – 1896.2.1) – etnograf, geograf. Oʻzbekistonda ilmiy oʻlkashunoslik ishlarining tashkilotchisi. 1870—92 y. larda «Turkestanskiye vedomosti» gaz. siga muharrirlik qilgan. 1870-y. dan Turkiston statistika komitetining kotibi. Oʻrta Osiyo ilmiy jamiyati tashkil etilgan (1871-y. 28 yanv.) dan boshlab uning faol ishtirokchisi va «Turkiston oʻlkasining statistikasi uchun materiallar» toʻplamining (1—5) muharriri. Turli koʻrgazmalar tashkilotchisi. Oʻlkashunoslik muzeyi (1876) tashkilotchilaridan. Mayev tarix, arxeologiya, etn., numizmatika sohasida koʻp tadqiqotlar olib borgan, ekspeditsiyalar (Shahrisabz 1874; Hisor 1875, 1878)ga boshchilik qilgan. Asarlarida Toshkentning eski shahar qismi tarixi, etn. si, aholisi va uning mashgʻulotlari, Buxoro xonligi shahar va qishloqlari, karvon yoʻllari, moddiy madaniyat yodgorliklari, aholining turmushi, urf-odatlari va anʼanalari, mahalliy boshqaruv tizimi, hunarmandlik, savdo, geografik, tabiiytarixiy, arxeologiya va etn. ga oid maʼlumotlar keltiriladi.

As.: Ocherki Buxarskogo xanstva, T., 1875; Aziatskiy Tashkent [Materialы dlya statistiki Turkestanskogo kraya], SPb., 1876.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x