MAXSUMOV Jalol Nosirovich

MAXSUMOV Jalol Nosirovich (1920.5.12 – Toshkent – 2000.20.5) rentgenradiolog, Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Rossiya Tibbiyot FA muxbir aʼzosi (1969), tibbiyot fanlari d-ri (1952), prof. (1954). ToshTIni tugatgan (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi, ToshTI rengenologiya va tibbiyot radiologiyasi kafedrasida assistent, dotsent (1948—54), prof. (1954—62), 1962-y. dan kafedra mudiri, Oʻzbekiston Sogʻliqni saklash vazirligi Ilmiy tibbiyot kengashining raisi. Oʻt pufagi kasalliklarining klinik diagnostikasida bilitrast preparati yordamida xoletsistografiya qilish usulini amaliyotga tatbiq etgan. Ilmiy faoliyati, asosan, meʼda-ichak, oʻt yoʻllari va oʻpka kasalliklarini rentgenradiologik usulda aniqlashga, oʻpka kasalliklari hamda oʻsmalarni rentgen nurlari va gamma-nurlar bilan davolashga bagʻishlangan.

As: Vneshnyaya radiometriya v diagnostike zabolevaniy organov piщyevareniya, T., 1972 (E. A. Shokirov bilan hamkorlikda).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x