MASSA

MASSA (lot. massa — katta tosh; boʻlak) (fizikada) — jismning inertlik va gravitatsion xususiyatlarini ifodalovchi fizik kattalik. Massa tushunchasini fanga birinchi boʻlib I. Nyuton 1687-y. da «Natural falsafaning matematik asoslari» nomli asarida olib kirgan. Har qanday jism unga boshqa jismlar taʼsir etmaguncha tinch yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Jismlarning bu xususiyati inertlilik deb ataladi. Jism inertliligining oʻlchovi — inersion M. Berk sistemani tashkil etuvchi ikki jism faqat oʻzaro taʼsirlashadi. At vakt mobaynida birinchi jism tezligi Di, va ikkinchi jism tezligi Di, ga oʻzgargan bulsin. Nyuton qonunlariga asosan mt&v=—t2Di, boʻladi, bunda t, va t2 — koeffitsiyentlar. At oʻzgarsa, unga mos ravishda Di, va Di2 lar ham oʻzgaradi, lekin /i, va t2 oʻzgarmas kattalik boʻlib qolaveradi, /i, va t2 lar faqat birinchi va ikkinchi jismlarning oʻziga bogʻliq boʻlganligi uchun ular inersion Massalar deb ataladi. Ammo jism faqat inersion xususiyatlarga ega boʻlibgina qolmay, atrofidagi fazoda gravitatsiya maydonini vujudga keltiradi. Bu maydon oʻz xususiyatlari boʻyicha zaryadlangan jism hosil qilgan elektrostatik maydonga oʻxshaydi. Gravitatsiya maydonini vujudga keltiruvchi zaryad gravitatsion zaryad yoki gravitatsion Massa deb ataladi. Nyutonning butun olam tortishish qonunita asosan, Yerning gravitatsiya maydoniga, mas, Yer sirti yaqinida joylashgan jismga Yerning tortishish kuchi taʼsir etadi.

Tinch holatdagi Massasi nolga teng boʻlgan zarralar ham bor. Mas., (foton lar), ammo bunday zarralar tinch holatda mavjud boʻlmaydi, paydo boʻlgan ondayoq s tezlik bilan harakatlana boshlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x