MARSIYA

MARSIYA (marsiya) — 1) Yaqin va Oʻrta Sharq poeziyasida adabiy janrlardan biri;

2) biror mashhur kishi yoki keksa oila aʼzosi vafoti munosabati b-n gʻam-alam va hasratni ifodalaydigan xalq ogʻzaki poetik va musiqa ijodiyotining azamotam janri. Marsiya qoʻshiq yoki ashula turi sifatida dafn marosimida hayotdan koʻz yumgan kishining yaxshi xislatlari, ish faoliyatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib erkaklar tomonidan joʻrsiz rechitativ yoki kuychan, ogʻir, mungli ohanglarda aytiladi. Marsiyada xalq soʻzlari, gʻazal, ruboiy, muxammas va b. asosida shaxs boshiga tushgan kulfat, yakin kishidan judo boʻlish qismati aks etadi. Ayrim xududlarda, baʼzan esa oilalarda Marsiyani ayollar ham alohida taʼsirchan va mahorat bilan aytgan. «Sadr»yoki «Jaxr» marosimlarida Marsiya («aytib yigʻlash» maʼnosida) lar yakin qarindoshlari davrasida hofiz yoki xonanda tomonidan ijro etilgan (ayrim xrlatlarda cholgʻu joʻrnavozligida). Yozma manbalarda Marsiya haqida maʼlumotlar va namunalar berilgan: Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida Siyovushga bagʻishlangan Marsiya, Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida Alp Ertunga Marsiyasi, adabiyotda Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiyga bagʻishlangan Marsiyasi, Hamzaning birinchi oʻzbek aktrisasi Tursunoyga bagʻishlab yozgan Marsiyasi, xalq orasida Mulla Toʻychi Hofizga bagʻishlangan Marsiya va b. 20-a. oʻzbek adabiyoti va musiqasida Marsiyalar ijod etilgan: Rasul kori Mamadaliyev tomonidan bir necha Marsiyalar yaratilgan; M. Burhonovning «Epitafiya» asari Marsiya shaklida yozilgan. Rustam Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x