MARNA

MARNAFransiya shim. dagi daryo, Sena daryosining oʻng irmogʻi. Uz. 525 km, havzasining mayd. 12,7 ming km2. Langr platosidan boshlanib, Parij havzasi boʻylab oqadi va Parij sh. yaqinida Sena daryosiga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 100 m3/sek. Asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi. Qishda toʻlib oqadi (suv sathi 4—5 m gacha koʻtariladi). Kema qatnaydi. Kanallar orqali Reyn va Sena daryolari havzasi bilan bogʻlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x