MARLO

MARLO (Marlowe) Kristofer (1564.6.11, Kenterberi – 1593.30.5, Deptford) — ingliz shoiri va dramaturgi. Diniy xizmatdan voz kechib, 1587-y. dan Londonda aktyorlar truppasida ishlagan, dramaturgiya bilan shugʻullangan. 2 qismli «Buyuk Temur» (1587—88) t-ragediyasida Amir Temur afsonaviy, romantik boʻyoqlarda tasvirlangan. Nemis xalq afsonasi asosida yaratgan «Doktor Faustning fojiali tarixi» (1592) pyesasida qudratli insonning olam sirlarini bilishga intilishi, «Maltalik yahudiy» (1588), «Parijdagi qonxoʻrlik» (1593) t-ragediyalarida mol-dunyo va hokimiyatga erishish yoʻlida insoniylik qiyofasini yoʻqotgan shaxslar fojiasi tasvirlangan. Shekspirning dastlabki («Genrix VI», «Tit Andronik») pyesalari Marlo b-n hamkorlikda yozilgan, deb taxmin qilinadi. Tragediya janrini yangi boskichga koʻtargan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x