MAROSIM QOʻSHIQLARI

MAROSIM QOʻSHIQLARI — musiqiy folkloruptt asosiy va qad. turlaridan. Turli (mavsum, mehnat, oilaviy, diniy va b.) marosimlar jarayonida ijro etiladigan qoʻshiqlar. Marosim qoʻshiqlarining matni, asosan, xalq toʻrtliklari va baytlaridan iborat boʻlib, shakli band yoki bandnakarot xususi-yatlariga ega boʻladi. Marosim qoʻshiqlari har bir marosimning ichki gʻoyasi va mazmunini sheʼr va kuy-ohanglarning mushtarakligida badiiy ifodalab, tadbir qatnashchilarining ruhiy holatiga taʼsir oʻtkazadi. Oʻzbek xalq musiqa ijodida mavsumiy Marosim qoʻshiqlaridan «Boychechak», «Suyet xotin», «Lola», «Sumalak», «Qoʻsh» va b; oilaviy Marosim qoʻshiqlaridan Alla, Yor-yor, Oʻlan, Marsiya kabilar; diniy aytimlardan «Kitobxonlik», «Zikr», «Ramazon»; tabobat qoʻshiklaridan «Koʻch», «Dam solish» va b. hozirgacha saqlanib kelgan. Marosim qoʻshiqlari koʻpchilik (mas, «Beshqarsak», «Naqsh», «Yor-yor»), yakka holda («Alla», «Kelin salom») hamda aytishuv tarzida (lapar va b.) ijro etiladi. Hoz. dav-rda baʼzi Marosim qoʻshiqlari bolalar («Oq terakmi, koʻk terak», «Yomgʻir yogʻaloq» kabilar) yoki davra (mas, «Beshqarsak») oʻyinlari sifatida ham ijro etilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x