MARKOVNIKOV Vladimir Vasilyevich

MARKOVNIKOV Vladimir Vasilyevich [1837.13. (25).12 – 1904.29.1 (11).2] — rus organik kimyogari. A. B. Butlerovning shogirdi. Qozon unti prof. (1870-y. dan). Ilmiy ishlari organik birikmalarning tuzilish nazariyasini rivojlantirish hamda neft va ali-siklik uglevodorodlar kimyosiga oid. Markovnikov molekulalarda atomlarning izomeriyasi va oʻzaro taʼsirini oʻrgandi, oʻrin almashish, birikish va parchalanish reaksiyalarining qator qonuni-yatlarini ochdi. 1869-y. da Morkovnikov qoidasiip kashf etdi. Suv elementlari yoki galogenvodorodlar qoʻshni uglerod atomlaridan ajralib hosil boʻlishini oʻrgandi. 80-y. lardan boshlab Kavkaz neftlarini oʻrgana boshladi. Uglevodorodlarning yangi sinfini aniqlab, ularga naftenlar deb nom berdi. 5 aʼzoli naftenlarni oʻrgandi, koʻpchilik sikloparafinlarni, shuningdek, tarmoqlangan zanjirli parafinlarni sintez qildi. Amaliyot uchun zarur boʻlgan aromatik uglevodorodlarni sikloparafinlardan katalitik yoʻl bilan olish usullarini topdi. Markovnikov organik kislotalar, jumladan, izomoy kislotani ilk bor sintez qiddi. Shoʻr koʻllar va tuz konlarini oʻrganib, ulardan foydalanish yoʻllarini koʻrsatib berdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x