MARMELAD

MARMELAD (frans. marmelade, por-tugalcha marmelo — behi) — jelesimon shirinlik; rezavor-meva aralashmali pyure, shakar, patoka, agar (yoki pektin), oziq-ovqat kislotalari, xushboʻy va boʻyoq moddalari qoʻshib qaynatib tayyorlanadi. Mevali va jeleli xillari bor. Mevali Marmelad meva, asosan, olma pyuresini shakar va qiyomga qoʻshib qaynatib tayyorlanadi. Masalliq vakuum-apparatda yoki ochiq qozonda pishiriladi, pishishiga 1—2 min. kolganda unga qiyom qoʻshiladi. Hosil boʻlgan massaga tegishli kislota, boʻyoq moddalari, efir moylari va essensiya qoʻshiladi. Massani yaxshilab aralashtirib, qoliplarga quyiladi; massa 30—45 min. da qotadi, soʻngra namligi 22—25% boʻlguncha quritiladi. Jeleli Marmelad tarkibida jele hosil qiluvchi oʻsimlik moddalar (mas, agar) boʻladi. Shakddor qoliplarga quyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x