MARE

MARE (Marais) (asl ism-familiyasi Vilen-Mare) Jan (1913.11.12—Parij — 1998) — fransuz aktyori. Romantik rollar ustasi sifatida tanilgan. Dastlab teatrda J. Kokto pyesalarida oʻynagan. Kinodagi muvaffaqiyati ham shu dramaturg ijodi bilan bogʻliq: «Abadiy qaytish», «Orfey», «Orfeyning vasiyati» va b. Shuningdek, u «Xavfli oʻxshashlik», «Graf Monte-Kristo», «Temir niqob», «Parij sirlari», hamda «Fantomas» nomli kinoserial (ikki — Fantomas xamda jurnalist Fandor) va b. filmlarda bir qancha rollarni ijro etgan. 1974-y. dan umrining oxirigacha Fransiya aktyorlar uyushmasini boshqargan. «Mening sodda haqiqatlarim», «Hayotim tarixi», «Hikoyalar» kabi kitoblarning muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x