MANU QONUNLARI

MANU QONUNLARI — kad hind qonunchiligi tarixida alohida oʻrin tutgan qonunlar. Mil. av. taxminan 2-a. va milodning 1-a. oraligʻida paydo boʻlgan. Bu qonunlar brahmanizm maktablaridan biri tomonidan tuzilgan boʻlib, unga diniy tus berish maqsadida odamlarning afsonaviy ajdodi Manu nomi bilan atalgan. Manu qonunlari sanskritda yozilgan, 12 bobga boʻlingan. 2650 moddadan iborat. Oʻz mazmuniga koʻra, diniy-axloqiy, ququqiy normalar yigʻindisi boʻlib, mulk hukuqi, nikoh va oila munosabatlari, jinoyat va jazo, sud jarayoni va sh. k. ga alohida eʼtibor berilgan. Manu qonunlari kning tarixiy va huquqiy axamiyati bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x