MANSUR ibn NUH II

MANSUR ibn NUH II, Abul Horis (? — 999) — somoniylaraan boʻlgan Movarounnahr hukmdori (997—999). Uning davrida mamlakatda parokandalik, ichki nizolar (Mansur bilan lashkarboshilar oʻrtasida) tashqi xavf (qoraxoniylarning xujumlari) kuchaygan. Ayniqsa, qoraxoniylar tomoniga oʻtgan xoin lashkarboshilardan Foyiq saroyga nisbatan uyushtirgan fitnalarda faol qatnashadi. 999-y. fev. da Foyiq turk gʻulomlariga suyangan holda Mansurni taxtdan agʻdarib, koʻzini koʻr qiladi. Bu kuchsizlanib qolgan somoniylar sulolasiga payt poylab berilgan kuchli zarba edi. Shu yili Movaro-unnahr qoraxoniylar tomonidan egallangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x