MANGʻISHLOQ VILOYATI

MANGʻISHLOQ VILOYATI, (qozoqcha Manqistov) — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1973-y. 20-martda Guryev (hoz. Aterov) viloyatidan ajralib chiqqan. Mayd. 165,6 ming km2. Aholisi 350 ming kishi (1999); asosan, qozoqlar, shuningdek, rus, ukrain, turkman, oʻzbek va b. millat vakillari ham yashaydi. Markazi—Oqtov sh. M. v. Qozogʻistonningjan.-gʻarbida. Relyefi xilma-xil. Oʻrtacha balandlikdagi togʻ, qirlar, keng tekisliklar va okean sathidan past botiklar uchraydi. Mangʻishloq togʻlari (eng baland choʻqqisi Qoratov tizmasidagi Beshshoʻqi choʻqqisi 556 m) shim.-gʻarbdan jan.-sharqqa tomon 150 km masofaga choʻzilgan. Viloyatning shim. Kaspiy boʻyi pasttekisligining jan. chekkasi bilan band. Mangʻishloq togʻlaridan jan.-sharqda Qozogʻistonda eng chuqur Qoragiye (Botir) botigʻi joylashgan (—132 m). Viloyatning jan.sharqiy qismini Ustyurt platosi egallagan. Bu yerda Mangʻishloq neft havzasi joylashgan. Katta tabiiy gaz zahiralari ham bor. Temir rudasi, qoʻngʻir koʻmir, ohaktosh, mergel va b. foydali qazilma boyliklar ham koʻp. Iqlimi keskin kontinental va quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —3, —4°. Yozi juda issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 26—27°. Maksimal t-ra 45° ga yetadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori viloyat shim. da 150 — 160 mm, jan. da 100—110 mm. Yer usti suvlari kam. Faqat jan.-sharqidagina bir nechta koʻl bor. Kaspiy dengizining suvi quruklikka ancha kirib borgan.

Qoʻltiqlarning suvlari shoʻr, ichish va texnika maqsadlarida foydalanishga yaramaydi. Yer osti suvi koʻp. Kuduq suvlaridan keng foydalanilmoqda. Tuproqlari, asosan, boʻz-qoʻngʻir tuproq. Shimol-gʻarb vajanub-sharqiy qismida shoʻrxoklar va taqirlar keng tarqalgan. Shim. bilan jan. da shuvoq va shoʻralar; Kaspiy dengizi sohillarida shoʻra va galofit oʻtlar oʻsadi. Hayvonlardan saygʻoq, boʻri, tulki, kemiruvchilardan yumronqoziq, qoʻshoyoq, qushlardan tu-valoq, qizgʻaldoq uchraydi. Mangʻishloq viloyati neft va gaz konlariga boy, asosiy markazlari — Uzen va Jetiboy neft konlari. Oziq-ovqat ayniqsa baliq sanoati rivojlangan. Oqtov sh. da goʻsht k-ti, sut, kimyo, temir-beton konstruksiyalar z-dlari, qurilishda ishlatiladigan chigʻanoqtosh koni, suvni chuchuklashtirish qurilmasiga ega boʻlgan issiqlik va atom elektr st-yalari, Bautino posyolkasida baliq ovlash kemalarini taʼmirlash z-di, Yeraliyevo shaharchasida tikuvchilik f-kasi bor. Q. x. ning asosini goʻsht-junga ixtisoslashgan qoʻychilik, tuyachilik va yilqichilik tashkil etadi. Bu yerda chorva mollari deyarli yil boʻyi yaylovlarda boqiladi. Dehqonchilik suyet rivojlangan. Makat — Oqtov—Uzen va Beynov—Qungʻirot t. y. Mangʻishloq neftini va Oʻrta Osiyo paxtasini boshqa mamlakatlarga chiqarish imkonini beradi. Viloyatni Aterov, Astraxon va Turkmanboshi sh. lari bilan bogʻlaydigan dengiz yoʻlovchilar tashish transporti ham ishlaydi. Havo transporti viloyat markazi Oqtovni Olmaota, Aterov va Moskva bilan bogʻlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x