MANIPUR

MANIPUR — Hindistonning shim.-sharqiy qismidagi shtat, Myanma bilan chegaradosh. Mayd. 22,4 ming km2. Axoliyey 2,4 mln. kishi (2001), koʻp qismi manipur xalqi. Rasmiy tili — mani-puri tili. Maʼmuriy markazi — Impxal sh. M. hududida mil. av. 33 y. dan 1391-y. gacha Pakxangba sulolasi hukmronlik qilgan. Oʻrta ayerlarda Manipur mustaqil hokimlik boʻlib, bir necha bor myanmaliklar hujumiga uchragan. 1826—1949-y. larda inglizlar qoʻl ostida boʻldi. 1963-y. dan ittifokdosh hudud, 1972-y. yanv. dan Hindistonning mustaqil shtati.

Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi 2500 m. Togʻ oralarida bal. 800—1000 m li keng vodiylar bor. Iqlimi iliq, moʻtadil iqlim. Yillik yogʻin vodiylarda 1500 mm, togʻlarda 2500 mm gacha. Yon bagʻirlarda sernam tropik va igna bargli oʻrmonlar hamda oʻtloqlar bor.

Manipur — agrar shtat. Asosiy ekini — sholi. Shuningdek, makkajoʻxori, bugʻdoy, shakarqamish, sabzavotlar, paxta, tamaki ekiladi. Bogʻlar bor. Ipak qurti boqiladi. Qoʻlda gazlama toʻqiladi. Hunarmandchilikda uy-roʻzgʻor buyumlari tayyorlanadi. Metallni qayta ishlash, zargarlik buyumlari, oʻyin-choqlar yasaladigan korxonalar, sement, elektronika, plastmassa z-dlari mavjud. Manipur boshqa shtatlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Im-pxalda aeroport, un-t bor. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x