XOʻJAYEV

XOʻJAYEV Azimmurod (1909 — Samarqand — 1968) — koshinkor, kulol. Hunarni usta Gʻulomdan oʻrgangan. Xoʻjayev boshchilik kilgan ustaxona rejali ravishda qoplama sopol parchalarini tayyorlagan. Tillakori madrasaning burchak minorasiga sharafalar ishlagan; Amir Temur maqbarasi gumbazining aslini tiklab, koshinlar bilan bezagan (hamkorlikda); Buxorodagi Koʻkaldosh madrasasi, Mir Arab madrasasi, Turkiston (Qozogʻiston) dagi Xoʻja Ahmad Yassaviy maqbarasi va b. obidalarni taʼmirlashda ishtirok etib, ular uchun koshinlar tayyorlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x