MALLIN Rahmatulla Xolmurodovich (1906, Oqmachit, Hoz. Qiziloʻrda — 1990.4.3, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Leningrad untini (1927), Leningrad politexnika in-tini tugatgan (1931). OʻzDU da dekan (1931—41), Oʻrta Osiyo untida dotsent (1941—48), Toshkent ped. in-tida kafedra mudiri (1948—67, 1972—86), prorektor (1957— 59). ToshDU da dekan va nazariy fizika kafedrasi mudiri (1967—72). Ilmiy ishlari elektrodinamika, maydon nazariyasi, terminologiya va b. ga oid. Mallin fizikadan oʻquv qoʻllanmalari, darslik va lugʻatlar muallifi.
As: Fizikadan ruscha-oʻzbekcha terminlar lugʻati, T., 1974; Klassik mikroelektrodinamika, T., 1974; Klassik makroelektrodinamika, T., 1978.