Ilg‘atu Malik


Post Views:
12

ILFATU MALIK, Ilatg‘u Malik (13-asr) – Xorazmshohlar davlatining harbiy arboblaridan biri. Muhammad Xorazmshohning Banokatdagi noibi. Mo‘g‘ullar istilosi arafasida Muhammad Xorazmshoh Jand noibi Amir Buji Pahlavon Qutlug‘xonni 10 ming otliq askar bilan Ilg‘atu Malikka yordamga jo‘natgan. Banokat garnizoni, asosan, qang‘-lilardan tashkil topgan bo‘lib, ularga Ilg‘atu Malik qo‘mondonlik qilgan. Chingizxon O‘trorga kelib, Banokatni egallash uchun Alaq no‘yon, Saqtu va Buqa boshchiligida 5000 kishilik qo‘shin jo‘natgan. Bular tevarak-atrofdan ularga qo‘shilgan qo‘shinlar bilan Banokatni qamal qilganlar (1220). Ilg‘atu Malik rahbarlik qilgan shahar mudofaachilari 3 kun mobaynida mo‘g‘ullar bilan qahramonona jang qiladi. Biroq kuchlar teng bo‘lmagani boisidan qamalning to‘rtinchi kuni Banokat taslim bo‘lgan. Mo‘g‘ullar shahar aholisini shahardan tashqariga olib chiqib, ularni jangchilar, hunarmandlar va oddiy fuqarolarga ajratgan. So‘ngra jangchilarni qilich bilan chopib, kamon bilan otib o‘ldirganlar, qolgan xalqni minglik, yuzlik, o‘nliklarga ajratgan. Yoshlarni hasharchi sifatida olib, Xo‘jand tomon yurish qilishgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/ilg-atu-malik/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x