MAHMUD TARZIY

MAHMUD TARZIY (1866, Gʻazna – 1935, Istanbul) — Afgʻoniston davlat arbobi, tarixchi. Yosh afgʻonlar harakatining gʻoyaviy rahbari. Damashq, Istanbul va b. shaharlarda taʼlim olgan. 1803-y. da Afgʻonistonga qaytib kelgan. 1911—19 y. larda «Sirojul-axbor» («Xabarlar chirogʻi») gaz. noshiri va muharriri. Afgʻonistonda maʼrifatparvarlik gʻoyalari tarqalishiga munosib hissa qoʻshgan. Omonullaxon hokimiyat tepasiga kelgach, yangi hukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi (1919—22, 1924—27). Hukumat ichida bir-biriga qarama-qarshi 2 guruh boʻlib, Mahmud Tarziy taraqqiyparvar kuchlarga boshchilik qilgan. K. keskin (radikal) ichki islohotlar oʻtkazish, konstitu-sion tartib oʻrnatish, tinchliksevar tashqi siyosat olib borishni yoklab chiqqan. Bosh vazir Abdulquddusxon Ittimadiy uning bu fikrlariga qarshi turgan va konstitutsion gʻoyalarni targʻib qilayotgan kishilar qatl qilinishiga fatvo berilishini talab qilgan (yana q. Yosh afgʻonlar). 1928— 29 y. larda Afgʻonistonda Omonullaxonga qarshi Xabibulla — Bachai Saqqo (1880 — 1929) rahbarligida koʻtarilgan qoʻzgʻolondan keyin, Turkiyaga koʻchib ketgan. U Afgʻoniston tarixi va madaniyatiga oid asarlar yozgan. Badiiy ijod bilan ham shugʻullangan.

Ad.: Nazarov X., Sotsialnыye dvijeniya 20-x godov XX veka v Afganistane, Dushanbe, 1989.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x