MAXMUDOV Oʻrxon Sirojiddinovich

MAXMUDOV Oʻrxon Sirojiddinovich (1927.16.9, Toshkent) — infeksionist-pediatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), tibbiyot fanlari d-ri (1966), prof. (1968). ToshTIni tugatgach (1948), Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tuman kasalxonasida ordinator va bosh vrach (1948—51), xdrbiy vrach (1951—56), ToshTI bolalar infeksion kasalliklari kafedrasining klinik ordinatori (1956—57), assistenti (1957—63), dotsenti (1963—67), prof. (1968), mudiri (1969-72), ayni vaqtda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1968— 71), rektori (1984—87). 1972-y. dan Oʻrta Osiyo (hoz. Toshkent) Tibbiyot pediatriya in-tining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, bolalar infeksion kasalliklari kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Pediatriya i. t. instituta direktori (1976—83; 1990—97), Pediatriya i. t. instituta bolalar ichak infeksiyasi boʻlimi rahbari (1997-y. dan). UzR Sogʻliqni saklash vazirining oʻrinbosari (1983). Asosiy ilmiy ishlari bolalarda uchraydigan infeksion kasalliklar, ularning davosi va oldini olishga oid. M. Uzbekistonning issiq iqlimida bolalarda uchraydigan ich terlama (qorin tifi) va paratif kasalliklarining alohida belgilarini oʻrganib, amaliyotga regidratsiya terapiyasining ratsional sxemasini tatbiq etdi. Idarajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni b-n mukofotlangan (2002). Beruniy nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1996).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x