MAHDIY SULTON

MAHDIY SULTON ibn Baxtiyor Sulton ibn Xizrxon (? — 1511) — shayboniylardan. Shayboniyxonnutt jiyani, Muhammad Shayboniyxon Yassi va Sabronni olgach, Movarounnaxrga yurish qilishdan avval turli viloyatlarga tarqab ketgan shayboniy sultonlar qatori Mahdiy sulton va Hamza (sultonuning akasi) ni oʻz bayrogʻi ostiga chaqirtirgan (1495). Mahdiy sulton temuriylar qoʻl ostidagi Qorakoʻl viloyati hokimi edi. Taxm. 1492—93 y. larda Mahdiy sulton va Hamza sulton Shayboniyxonni tark etib temuriylardan Sulton Mahmud Mirzo xizmatida boʻlganlar. 1495-y. ular Hisordan Andijonga Bobur xuzuriga kelishgan. Temuriylarning taxt uchun kurashida qatnashganlar. 1495-y. M. s. Sheroz va Kanboy atrofidan Sulton Ali Mirzodan qochib Samarqandga kelgan. 1498-y. Boburning Ahmad Tanbalga qarshi kurashida unga Mahdiy sulton va Hamza sultonlar yordam berishgan. 1500-y. Shayboniyxon bilan birga Boburga qarshi Samarqandni olishda qatnashishgan. Movarounnaxr shayboniylar kul ostiga utgach, Shayboniyxon Mahdiy sultonga Chagʻoniyon va Hamza sultonga Hisor viloyatini bergan (1503).

1509-y. oxirida Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa qozoq xoni Qosimxonga qarshi yurish qilgan, biroq shayboniy sultonlarning in-tizomsizligi oqibatida magʻlubiyatga uchragan, shu tufayli u M. s. va Hamza sultonlardan Hisorni tortib olgan va ularning oʻrniga Ubay-dulla sultonni tayinlagan. Bu shayboniy sultonlarning noroziligiga sabab boʻlgan. 1510-y. Marv yaqinida Shayboniyxon shoh Ismoil /b-n jang qilib magʻlubiyatga uchraganida koʻpgina shayboniy sultonlar qatori Mahdiy sulton ham unda ishtirok etmagan. 1511-y. Bobur Ismoil I dan harbiy yordam olib Hisori Shodmon, Qunduz va Bagʻlonga hokimlik qilayotgan Mahdiy sulton va Hamza sultonlarga qarshi yurish qilgan va asir olingan, Mahdiy sulton va Hamza sultonlar qatl etilgan.

Ad.: Mirza Muxammad Xaydar, Tarix-i Rashidi, T., 1996; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Baburname, T., 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x