MACHITLI TIZMASI

MACHITLI TIZMASI — Toʻpolon daryoning irmogʻi Kishtut havzasi (Surxondaryo viloyati)da joylashgan tizma. Shoʻrob soyining yuqori oqimidan (Daldolitepa togʻi, 1937 m) boshlanib Xoʻja Kiyikkalon tizmasi (4022 m) yaqinida sharqqa keskin burilib, Xoʻja Kiyik tizmasiga (4396 m) tutashib ketadi. Eng baland joyi 3478 m (Machitli togʻi). Togʻ yon bagʻirlari kuchli parchalangan, suvayirgʻich qismi oʻtkir uchli karrlar, sirklar, qirrali qoyalar bilan murakkablashgan. Nurashga chidamli boʻlgan otqindi va metamorfik jinslar tik va qirrali yon bagʻirlarni vujudga keltirgan. Suvayirgʻich qismi (3000—3200 m) da och qoʻngʻir tuproqlarda shair, flamis, tulki quyruq, betaga, baʼzan kobreziya usadi. Oʻrtacha balandliklar (2000—3000 m)da betagali turli utlar va archazorlar tarqalgan. Quyi mintaqada (1200 — 2000 m) turli oʻtli bugʻdoyiqzorlar siyrak archazorlar bilan birgalikda maj-mua hosil qiladi. Yaylov sifatida foydalaniladi, mahsuldorligi gektariga 3-8 s.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x