MAXNO Nestor Ivanovich

MAXNO Nestor Ivanovich (1889.20.10, Gulyaypole shaharchasi, Zaporojye viloyati, Ukraina — 1934.6.7, Parij) — sovet rejimiga karshi Ukrainadagi milliy harakat — maxnochilik (1918 — 21)ning harbiy va gʻoyaviy rahbari. 1905—07 y. larda Rossiyada boʻlgan inq-ilob davrida anarxistlar guruhiga kirgan. 1909-y. politsiya boshligʻini oʻldirgani uchun surgun qilingan. 1917-y. Fev. inqilobidan keyin qamoqdan ozod boʻlgach, Gulyaypoleda qurolli anarxistlar otryadini tuzgan. Okt. toʻntarishidan keyin dastlab Avstriya — Germaniya, S. V. Petlyura (1879—1926) va A. I. Denikin otryadlariga qarshi kurashgan. 1919-y. bahorda maxnochilik harakati Dnestrdan Don daryosigacha boʻlgan katta hududga tarqalib, qizil armiya va sovet rejimiga qarshi ommaviy qurolli kurashga aylangan. 35000 kishilik qoʻshin (asosan, otliklar) tuzilgan. 1920-y. bahor va yoz oylarida qizil askarlarga qarshi shiddatli janglar boʻlgan. 1920-y. noyab. da Maxno qoʻshiniga qarshi kurashga Maxno Frunze boshchiligidagi kizil armiya qismlari safarbar qilingan. 1920-y. dek. da maxnochilarning Qrim guruhi tugatilgan. Turkistondagi ayrim qizil armiya qismlari ularga qarshi jangga tashlangan. Magʻlubiyatga uchragan Maxno kichik guruh bilan Ruminiyaga oʻtgan. Ke-yinchalik u Fransiyada yashab, SSSRga qarshi mafkuraviy kurashni davom ettirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x