LYAMBLIOZ (lambliosis) — lyambliyalar qoʻzgʻatadigan invazion kasallik. Odamlarda Lyambliozni Lamblia intestinalis qoʻzgʻatadi. Lyambliyalarning harakatchan (vegetativ) va harakatlanmaydigan (sista) shakllari bor. Kasallik manbai lyambliyalar bilan zararlangan kishi hisoblanadi. Lyambliyalar sogʻlom odamning meʼda-ichak yoʻliga tushib, ingichka ichakda koʻpayadi va uning shilliq pardasini zararlaydi. Ular ingichka ichakdan yoʻgʻon ichakka oʻtib (bu yer ular uchun noqulay sharoit xisoblanadi), oʻz harakatini yoʻqotadi va sis-talarga aylanadi. Ular najas bilan tashqariga chiqadi. Lyambliya sistalari tashqi muhitda yaxshi saqlanadi. Kasallik lyambliya tushgan ovqat (ayniqsa, meva va sabzavotlar) isteʼmol qilinganda va suv ichilganda, shuningdek, kir qoʻl va roʻzgʻor buyumlari orqali yuqadi. Turli geografik mintaqalarda katta yoshdagi axrli orasida 5—12% hollarda najasda sista topiladi. Lyamblioz aksari bolalarda uchraydi. Klinik belgilari zararlangan aʼzoga qarab har xil boʻladi. Koʻproq ichak va oʻt yoʻllari zararlanadi. Baʼzan kasallik alomatlari roʻyrost koʻrinmay, enterit, xoletsistit va h. k. bilan birga kechishi ham mumkin. Tekshirish chogʻida najasdan lyambliyalarning sistasi, oʻt (safro)dan uning vegetativ shakllarini topish mumkin. Lyambliozning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish talab etiladi. Davosi: kasallikning kechishiga qarab trixopol, furazolidon, aminaxinol va b. buyuriladi. Oʻzbekistonda Lyamblioz ningturli jixatlari prof. N. A. Dehqonxoʻjayeva tomonidan chuqur oʻrganilgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии