KOLLEJ

KOLLEJ (ing. college) — 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda un-t tarkibida). Dastlab 13-a. boshlarida Buyuk Brita-niyada vujudga kelgan;

2) Fransiya, Shveysariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki Kollej oʻrta asrda un-tlarda paydo boʻldi;

3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. OʻzRning 1997-y. avg. da qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Taʼlim toʻgʻrisida»gi qonuni hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1998-y. fev. dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x