KOLA YARIM OROLI

KOLA YARIM OROLI — RF Yevropa qismining shim. – gʻarbidagi yarim orol. Barens va Oq dengizlar bilan oʻralgan. Mayd. 100 ming km2. Gʻarbiy qismida togʻ massivlari: Xibin togʻlari (bal. 1191m gacha) va Lovozero tundrasi (bal. 1120 m gacha) bor. K. ya. o., asosan, tokembriy va quyi paleozoyning kristalli jinslaridan tuzilgan. Togʻ va platolar moʻz faoliyati natijasida yassilanib, siyqalanib «qoʻy peshonalari» deb ataladigan relyef shaqllarini hosil qilgan. Iqlimi Atlantika oqimi tufayli yumshoq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —8°dan (shim. sohilda) —13° gacha (markaziy qismida), iyulniki 8° — 14°. Yillik yogʻin 300— 1000 mm. Daryolari qisqa, lekin sersuv. Koʻl koʻp. Shim. da tundra oʻsimliklari oʻsadi, jan. oʻrmonli tundra va taygadan iborat. Apatit-nefelin rudalari koni bor. Kola yarim orolida Murmansk port shahri joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x