QILICHBARDORLAR ORDENI

QILICHBARDORLAR ORDENI — nemis katoliklarining diniy-ritsarlik harbiy tashkiloti. Sharqiy Boltiqboʻyi yerlarini bosib olish maqsa-dida 1202-y. Riga yepiskopi Albert hamda Rim papasi Innokentiy III hamkorligida barpo etilgan. Ritsarlarning oq chakmonlarida krest (xoch) bilan qizil qilich tasviri boʻlganligi uchun shunday atalgan. 1236-y. litvalar va zemgallarning birlashgan kuchlari Qilichbardorlar ordeni qoʻshinlarini tor-mor keltirganidan soʻng, 1237-y. ordenning qolgan-qutgan qismi Tevton ordeni bilan birlashib, Sharqiy Boltiqboʻyida Livon ordenini tashkil etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x